Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida «Direktor va yoshlar uchrashuvi» doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi.
O‘tkazilgan ochiq muloqotda TTA Termiz filiali direktori F.Otamuradov hamda har jihatdan tashabbuskor, intiluvchan, izlanuvchan, iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.
Muloqot avvalida filial direktori talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishlari, o’z ustilarida tinmay izlanishlari, yuksak salohiyat va bilimga ega bo’lishlari uchun sharoit yetarli ekanligi, ularning bugungi izlanishlari jamiyatimizning rivojlanishida muhim vosita ekanligi haqida ta’kidlab oʻtdi.
Uchrashuv davomida talabalarning tashabbuslari, murojaatlari va maqsadlari eshitilib, bir qator masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi.
Muammolar o’rganilib, ularni ko’rib chiqish hamda bartaraf etish uchun kun tartibida belgilab olindi.