Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida «Direktor va yoshlar uchrashuvi» doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Bugun TTA Termiz filiali direktori Otamurodov Furqat Abdukarimovich hamda filialning talabalari o‘rtasida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.
O‘tkazilgan ochiq muloqotda, o‘quv jarayonlari, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning mohiyati tushuntirildi.
Samimiy va do‘stona kayfiyatda o‘tkazilgan uchrashuvda talabalarning mavjud muammolari bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalari, ijodiy faoliyat samaradorligini va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan talab va takliflari tinglandi.
Talabalarni qiziqtirgan savollariga filial direktori batafsil javob berdi va yoshlarning takliflarini qo‘llab-quvvatladi, shuningdek, kelib tushgan murojaatlarni ijobiy natija bilan hal etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.