You are currently viewing Olima ayol jamiyat ko‘zgusi

Olima ayol jamiyat ko‘zgusi

   “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da yurtimizda xotin – qizlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ijtimoiy faolliklarini oshirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

   Toshkent tibbiyot akdemiyasi Termiz filialida 11- fevral “Ilm – fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan ilm sohasida izlanishlar olib borgan ayol o‘qituvchilar hamda talaba qizlar ishtirokida tadbir tashkil etildi..

   Tadbirda so‘z olganlar, olima ayollarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, ilm – fanga hissa qo‘shib kelayotgani ularga yaratilayotgan sharoitlar haqida aytib o‘tishdi.