Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 311-sonli buyruq ijrosiga qaratilgan 2023-yil 15-sentyabrdagi 419-sonli buyrug‘iga ko‘ra, respublikamizdagi barcha oliygohlarning Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari faoliyati va ularga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh faoliyat olib bormoqda.
Shu munosabat bilan bugun ishchi guruh Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida xotin-qizlar tomonidan olib borilgan ishlarni o‘rgandi.
Xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi va dekan maslahatchilari faoliyati, talaba-qizlarga TTJ da yaratilgan sharoitlar, «Qizlarjon» klubi qoshidagi to’garaklarning faoliyati kabi bir qator masalalar o‘rganildi.
Tashrif davomida ishchi guruh talabalar turar joylariga borib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar haqida talaba-qizlar bilan suhbat o’tkazdilar.