Bugun Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi Intellektual Olimpiadaning viloyat bosqichida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali jamoasi yuksak natija qayd etib, faol ishtirokini namoyon qildi.
Haqiqiy bilim va zehniy salohiyat sinovida filial jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va munosib ravishda respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi.
Filial jamoasiga respublika bosqichida ham shunday dadil, ishonchli va faol qatnashib, yanada yuqori marralarni zabt etishlarini chin dildan tilaymiz.
Omad sizga, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali jamoasi!