Ayni damda poytaxtimizdagi Xalqlar do‘stligi san’at saroyida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida orziqib kutilgan «Quvnoqlar va zukkolar» ko‘rik-tanlovining respublika final bosqichi boshlandi.

Unda ilk bor Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, tanlovda 6 ta jamoa respublika final bosqichiga yetib keldi. Ular:

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali – “OLMOS” jamoasi;

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti – “TARG‘IBOT” jamoasi;

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali – “PEGAS-SHOU” jamoasi;

Navoiy kon-metallurgiya kombinati – “AURUM-79” jamoasi;

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali – “MEDSTARS” jamoasi;

Toshkent tibbiyot akademiyasi – “ADRENALIN” jamoasi.