You are currently viewing “Pediatriyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

“Pediatriyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

konferensiya

Ayni daqiqalarda, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Bolalar kasalliklari propedevtikasi, bolalar kasalliklari va uash pediatriya kafedrasi tashabbusi bilan “Pediatriyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman davom etmoqda.

Ushbu anjumanda mamlakatimizning turli hududlaridagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda sog‘liqni saqlash tizimi vakillari, yetakchi professor-o‘qituvchilar va tajribali pediatr mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi — pediatriya sohasida dolzarb ilmiy va amaliy masalalarni muhokama qilish, tajriba almashish, zamonaviy diagnostika va davolash yondashuvlarini takomillashtirishdir.

Konferensiya davomida quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar tinglanmoqda:

Bolalar kasalliklarining erta diagnostikasi va profilaktikasi;
Zamonaviy pediatriyada innovatsion yondashuvlar;
Bolalar salomatligini saqlashda birlamchi bo‘g‘in shifokorlarining o‘rni;
Pediatrik reabilitatsiya va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalari.

Tadbir doirasida yosh olimlar uchun ilmiy chiqishlar, tajriba almashish sessiyalari va savol-javob muhokamalari ham tashkil etilgan.

Bunday ilmiy-amaliy uchrashuvlar respublikamizda pediatriya sohasining yanada rivojlanishiga, yosh mutaxassislarning ilmiy salohiyatini oshirishga va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi dolzarb masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.