You are currently viewing Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan

Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan

     Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali hamda Rossiya Federatsiyasining Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan «4+2» shakldagi qo’shma dasturining talabalari ham mahalliy talabalar qatorida yozgi amaliyotni o’zlarining yashash joylaridagi QVP, QOP, OP hamda shifoxonalarda o’tashmoqda.

    Filialning tajribali professor-o‘qituvchilari yozgi malakaviy amaliyotga uslubiy rahbar qilib biriktirilgan bo’lib har bir shahar, tuman va viloyatlarda bo’lishib talabalarni doimiy nazorat qilishmoqda.

    Ayni paytda, talabalar amaliyoti Termiz shahridagi SSBlariga qarashli davolash profilaktik muassasalarida yuqori saviyada olib borilmoqda.