You are currently viewing Psixomotor reabilitatsiyada xalqaro hamkorlik

Psixomotor reabilitatsiyada xalqaro hamkorlik

psixalogiya

Toshkentda Fransiyaning Oliy psixomotor reabilitatsiya instituti (ISRP) vakili, professor Fransuaza Jirimoni hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti professori Zarifboy Ibodullayev ishtirokida “Psixomotor reabilitatsiya usullari” mavzusida seminar va master-klass o‘tkazildi.

Unda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasi mudiri, dotsent Dilnozaxon Iskandarova ham faol qatnashdi.

Tadbir davomida zamonaviy reabilitatsiya yondashuvlari muhokama qilinib, amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Yakunda esa o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.