Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida» 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining
2019 yil 27 apreldagi 360-son qaroriga 1-ilova
1. Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi.Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga va O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi.(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-oktabrdagi 655-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 09/21/655/0989-son)
2. Oliy ta’lim muassasalari qabulni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar.Oldingi tahrirga qarang.
3. Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakllariga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari doirasida hamda qabul kvotalaridan tashqari abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.Oldingi tahrirga qarang.
Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari, o‘qitish tillari va shakllariga ko‘ra alohida o‘tkaziladi. Ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar alohida ajratilgan kvotalar doirasida, tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining hamda Milliy gvardiya va bojxona organlarining xizmatdagi xodimlarining farzandlari ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, yetarli ball to‘plagan taqdirda tanlangan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga tavsiya etiladi.(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining hamda Milliy gvardiya va bojxona organlarining xizmatdagi xodimlarining farzandlari, maqsadli qabul bo‘yicha tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib, o‘qishga tavsiya etilmagan taqdirda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda to‘plagan ballari bilan tanlovda ishtirok etadi.(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Test sinovlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari (filial direktorlari) joylarda kirish imtihonlarini (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydilar.(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
4. Test sinovlari uch tilda — o‘zbek, rus, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tili, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Abituriyent test sinovlarini va kasbiy (ijodiy) imtihonni oliy ta’lim muassasasida o‘qiydigan tilda topshiradi. Bunda o‘zbek guruhlariga hujjat topshirgan abituriyent o‘z arizasiga asosan test sinovlarini o‘zbek tilida lotin yoki kirill alifbosida topshirish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Abituriyent chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri bo‘yicha test sinovi topshiradi. Abituriyent o‘qigan chet tilidan qat’i nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi mumkin.
Agar umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida ingliz, nemis yoki fransuz tillari o‘tilmasdan boshqa chet tillari o‘qitilgan holda, shu chet tilidan test sinovi o‘rniga ko‘p balli tizim bo‘yicha imtihon topshiriladi.
Oliy ta’limning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo‘shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar takliflari asosida Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.Oldingi tahrirga qarang.
41. Abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali amalga oshiriladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha imtihon dasturlari va har bir fan xususiyati hisobga olingan holda baholash mezonlari, shuningdek, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
Jadval bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan abituriyentlar uchun qayta kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmaydi, ular navbatdagi imtihonlarga qo‘yilmaydi hamda o‘qishga qabul qilinmaydi.(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
5. Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tojik, qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul ko‘p balli tizim bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu ta’lim yo‘nalishlariga arizalar ko‘rsatilgan tillarda o‘rta ta’lim muassasasini tugatgan abituriyentlar yoki ko‘rsatilgan tillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasasini tugatib, akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega bo‘lgan abituriyentlardan qabul qilinadi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, ko‘p balli imtihon baholari va Davlat komissiyasi tasdiqlagan test sinovlari natijalarining umumiy yig‘indisi shaxsan oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.Oldingi tahrirga qarang.
6. Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tilini (ingliz, nemis va fransuz tillari o‘qitilmagan holda) chet tili sifatida o‘qigan abituriyentlar mazkur tildan ko‘p balli baho tizimi bo‘yicha imtihon topshiradilar, qolgan fanlar bo‘yicha esa test sinovlaridan o‘tadilar.(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tili bilan birgalikda ingliz, nemis va fransuz tillari ham o‘qitilgan holda (ushbu fanlar abituriyent diplomi ilovasida (attestatida) mavjud bo‘lganda) abituriyent arizasiga asosan u chet tilini test shaklida yoki ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tilidan ko‘p balli baho tizimi bo‘yicha imtihon topshiradi.(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Mazkur qoida roman-german filologiyasi (ingliz, nemis va fransuz filologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiradigan abituriyentlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.Oldingi tahrirga qarang.
Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tili bo‘yicha fan dasturi va baholash mezonlari ushbu tillar o‘qitiladigan tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va joriy etiladi.(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
7. Oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) va ko‘p balli imtihonlarni o‘tkazish 1 va 2-ilovalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
8. Oliy ta’lim muassasalariga ko‘zi ojiz abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish 3-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. Respublika tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan 3 yillik “Oliy hamshiralik ishi” ta’lim yo‘nalishiga qabul faqat o‘rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ma’lumot (hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik) negizida amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo‘shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.Oldingi tahrirga qarang.
sirtqi ta’lim shaklida — umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va sirtqi ta’limga kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)dan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar hisobidan;
maxsus sirtqi ta’lim shaklida — faqat mos yoki turdosh ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogik yo‘nalishlar uchun pedagogik stajga) hamda ishlab turgan soha tashkilotlaridan berilgan tavsiyanomaga ega bo‘lgan, kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)dan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-apreldagi 360-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y., 09/19/360/3030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
101. Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan kirish test sinovlari yoki oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) orqali tanlov asosida amalga oshiriladi.
oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari orqali o‘qishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi;
oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakliga oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) orqali tanlov asosida o‘qishga qabul qilish mazkur Nizomga 5-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
102. Oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan qabul kvotalari tarkibida hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul muayyan hududda doimiy yashaydigan (pasportdagi ma’lumoti bo‘yicha), umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)dan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.
103. Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladi.Oldingi tahrirga qarang.
104. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt bo‘yicha serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarishda halok bo‘lgan, shuningdek, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) o‘qishga tanlovsiz qabul qilinadilar.(104-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari Bojxona qo‘mitasi raisining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga (ikkinchi oliy ta’limdan tashqari) tanlovsiz qabul qilinadilar.(104-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
105. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklidagi ta’lim yo‘nalishlariga davlat granti asosida belgilangan umumiy qabul kvotalarining besh foizi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining farzandlari uchun ikki foizi miqdorida davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul kvotalari ajratiladi.Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga o‘qishga kirish uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi.(105-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ajratilgan davlat granti asosidagi qo‘shimcha (besh va ikki foizli) kvota o‘rinlariga talabalikka qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, shu jumladan, Bojxona qo‘mitasining belgilangan shakldagi tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.(105-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Ajratilgan davlat granti asosidagi qo‘shimcha (besh va ikki foizli) kvota o‘rinlariga qabul qilinmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan o‘zlari tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.(105-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
106. Terrorizm, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.
107. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) o‘qishga kirish uchun davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul kvotalarining uch foizi miqdorida davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul kvotalari ajratiladi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlarini ajratilgan uch foizli kvotalar doirasida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasiga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi hamda o‘rinlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori balidan kamida o‘ttiz foizini to‘plagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ajratilgan uch foizli davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul kvotalariga qabul qilinmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.(106 va 107-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
Oldingi tahrirga qarang.
108. Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar uchun ham tatbiq qilinadi.
Bunda, ushbu qo‘shimcha kvotalarning oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha taqsimoti Xalq ta’limi vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi.(108-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Oldingi tahrirga qarang.
109. Respublika oliy ta’lim muassasalariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi.Oldingi tahrirga qarang.
Davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha talabalikka O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining belgilangan shakldagi tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlar test sinovlari natijalariga muvofiq qabul qilinadi.(109-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Davomi buyerda… http://lex.uz//docs/-3244181