You are currently viewing “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim”

“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim”

   21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
  TTA Termiz filialida O`zbek va xorijiy tillar kafedrasi tomonidan 21-oktabr -O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

  “Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim” deya nomlangan adabiy – badiiy kechada TTA Termiz filiali professor- o‘qituvchilari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi xodimlari, TerDU “O’zbek tilshunoslik” kafedrasi mudiri N.Omonturdyiev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi malaka oshirish markazi direktori Sh.Sattorov hamda filial talabalari ishtirok etishdi.

   O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda so‘z olganlar onadek aziz o‘z ona tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimiz bo‘lmog‘i hamda tilni asrash kerakligi borasida fikr bildirishdi.