Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar uchun «Ichki kasalliklar propedevtikasi, reabilitologiya, xalq tabobati va endokrinologiya» kafedrasida «Qalqonsimon bezi kasalliklari» mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Haydarova Feruza Alimovna ham bevosita ishtirok etdi.
Ustoz o’zining ko‘p yillik tajribasi asosida «Qalqonsimon bez kasalliklari» mavzusida master-klass o’tib berdi. Talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.