Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Xotin-qizlar maslahat kengashi qoshidagi “ Qizlarjon” klubining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig‘ilish filial xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z. Qurbonova va filial psixologi G. G’oziyeva tomonidan olib borildi.
Unda “ Qizlarjon” klubi raisi va a’zolari yig’ilib kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan rejalar xususida fikr almashishdi.
Filialda “Qizlarjon” klubi faoliyati orqali faol va iqtidorli qizlar safi kengaymoqda, ularning o‘zaro hamkorligi mustahkamlanib, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, turli yot g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” ta’siriga tushib qolmasliklariga e’tibor qaratilmoqda.
Bundan tashqari talaba qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, pazandachilik, bichish-tikish singari ro‘zg‘or yumushlarini, shuningdek, sog‘lom turmush tarzi qoidalariga amal qilish borasida ham ishlar olib borilmoqda.