Bugun Viloyat bilim va malakalarni baholash agentligida TDTU Termiz filiali hamda Rossiyaning Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti (PIMU) bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish sinovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Abituriyentlar “Davolash ishi” va “Stomatologiya” yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etdilar.
Imtihon jarayonlari belgilangan tartib asosida, xolislik, adolat va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi.
Barcha abituriyentlarga omad, yuqori natijalar va munosib muvaffaqiyat tilaymiz!
Kelajak sari dadil qadam tashlang!
Eslatib oʻtamiz. Imtihon natijalari kanalimiz orqali eʼlon qilinadi.