You are currently viewing Qon topshir — hayot in’om et!

Qon topshir — hayot in’om et!

qon quyish

Bugun viloyat qon quyish stansiyasi shifokorlari vrach-transfuziolog Norqulova M.S. hamda vrach-laborant Jo‘rayeva X.N. tomonidan “Qon topshir — hayot in’om et!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda ТDTU Termiz filial dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar faol ishtirok etdilar. Unda qon donorligining ahamiyati, inson hayotini saqlab qolishi haqida ma’lumotlar berildi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026–2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-19-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Qarorga muvofiq, 2026-yil davomida har oyda kamida bir marotaba donorlik aksiyalarini o‘tkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan, 2026-yil 24-mart kuni soat 10:00 da viloyat qon quyish markazida “Birga hayotni saqlaymiz” nomli donorlik aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu ezgu tashabbusga befarq bo‘lmang!