Insonning ilm yo‘lida chekadigan zahmati ko‘p. U o‘zining ilmiy iqtidori, qobiliyatini namoyon qilish uchun ham ko‘p mashaqqatlarga bardosh beradi.
Kishi harakatidagi ilm zahmati zoye ketmaydi. Kun kelib o‘z mevasini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy attestatsiya komissiyasi Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy kengashning qaroriga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktor o‘rinbosari Raxmonov Abduqahhor Absattorovichga falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi berildi.
Shu munosabat bilan TTATF direktori F. Otamuradov boshchiligida filial jamoasi Abduqahhor Rahmonovni erishgan yutug‘i bilan qutlaydi.
Ilm yo‘lidagi mashaqqatli va sharafli mehnatingiz bardavom bo‘lib, bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishingizni tilab qolamiz.