Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali professor-o‘qituvchilari davlat mukofotiga sazovor bo‘lishdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi.
Mazkur Farmonga ko‘ra, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi mudiri, dotsent Nurova Zamira Annakulovna
— II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni hamda
— “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
Shuningdek, 1-son Davolash fakulteti dekani Berdiyev Abdusamat Xudoyqulovich ham
— “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Mukofotlarni filial direktori F. Otamuradov tantanali ravishda topshirdi.
Filial jamoasi Z. Nurova va A. Berdiyevni mukofot bilan chin dildan tabriklaydi hamda ularga ilmiy va pedagogik faoliyatlarida yangi yutuqlar, mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar tilaydi!