Joriy yilning 1-noyabr kuni TTA Termiz filiali direktori Furqat Otamuradov boshchiligidagi mas’ul xodimlardan iborat guruh tomonidan filial talaba-yoshlari yashaydigan ijara xonadonlari koʻzdan kechirildi.
Jarayon davomida direktor talabalarning yashash sharoitlari, mavjud kamchiliklar va yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.
Bundan tashqari, u yerda istiqomat qilayotgan talabalar bilan ham suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi. Suhbatda yoshlar o‘zlarining qiziqishlari va oldilariga qo‘ygan maqsadlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Ijara xonadonida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari filial mas’ullari tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinadi.