You are currently viewing Rahbariyat nazorati: talabalar yashash sharoiti o‘rganildi.

Rahbariyat nazorati: talabalar yashash sharoiti o‘rganildi.

Rahbar talabalar turar joyida

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida nafaqat ta’lim sifati, balki talabalarning yashash sharoitlari ham doimiy e’tiborda.

Kecha filial direktori F. Otamuradov boshchiligidagi ishchi guruh filialning talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida yotoqxona ichki tartibi, gigiyenik holati, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar va ular bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar batafsil o‘rganildi.

Shuningdek, talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi, ular uchun yanada qulay va samarali sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Filialda talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ta’lim va tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.