You are currently viewing Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi

Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi

Rahbarlar va yoshlar

    O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-mart kunidagi tegishli qo‘shma qarori Ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlarini oliy ta’lim tashkilotlariga biriktirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish maqsadida, kecha TTA Termiz filiali direktori F.Otamuradov hamda Surxandaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Inoqovlar ishtirokida talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Rahbarlar va yoshlar

  Ushbu targ‘ibot tadbirida, talaba yoshlarni ma’naviy va axloqiy fazilatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, ommaviy madaniyat hamda yod va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan saqlash, yoshlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida tushuntirishlar olib borildi.
   Tadbir so‘nggida talabalarni qiziqtirgan savollariga mas’ullar javob berib o‘tishdi.