Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining Hindiston Respublikasidan kelib tahsil olayotgan talaba – yoshlari ishtirokida hind xalqining milliy bayramlaridan biri bo‘lgan «Rangotsav” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.Otamuradov, direktor o’rinbosarlari, dekanlar, xalqaro bo’lim hamda o’quv bo’lim jamoasi qatnashishdi.
Bayram tadbirida filial direktori hind xalqining milliy bayrami bilan talabalarni tabriklab, bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur hind diyorida Boburiylar saltanatini bunyod etishi, Tojmahal qurilishi, hind xalqi bilan o’zbek xalqi birodar yaqin ekanligidan nishonadir deya alohida ta’kidladi.
Tadbirda talabalar tomonidan ijro etilgan hind milliy urf odatlari, kuy qo’shiq va raqslari yig’ilganlarga o’zgacha ko’tarinki kayfiyat ulashdi.