Shamatov Faxriddin O'rolovich
Telefon raqam:
+998974032184
Email:
fason0407@gmail.com
- Telegram
Markaz quyidagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi:
Axborot marketingni tashkil etish Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini yaratish va joriy qilish Axborot texnologiyalar va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta’lim va fan sohalariga tadbiq qilish. Masofaviy ta’lim va o‘qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish. Horijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, kutubxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro axborot aloqalarni ta’minlash Internet tarmog‘i va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish, aniq mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish va ular joylashgan adreslarni taklif etish. Hisoblash texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish, ularni ta’mirlash va modernizatsiyalash Axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash. Ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash bo‘yicha programma mahsulotlarini yaratish va joriy qilish. Ilmiy-tadqiqot, izlanish, loyihalash va eksperimental ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish. Seminarlar, konferensiyalar, tadqiqotlar, ko‘rgazma, yarmarkalarni tashkil qilish va o‘tkazish.
Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlab o‘tilgan masalalarni yechish uchun, intellektual va axborot resurslarini muvofiqlashtirish O‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash Talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika hamda axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish