Uchrashu davomida professor talaba- yoshlarga “Bolalarda bronxobstruktiv sindromning kechishi, etiopatogenezi, tasnifi, klinik simptomlari, tashxislash, davolash taktikasi” mavzularida ma’ruza o‘qidi.
Bundan tashqari professor Furqat Shamsiyev Bolalar kasalliklari propedevtikasi, bolalar kasalliklari va UASH pediatriya kafedrasi o‘qituvchilariga pedagogik texnologiyalar to‘g‘risida davra suhbatini olib bordi.
Suhbat jarayonida filial o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.