Respublikadagi barcha Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan Surxondaryolik talaba yoshlar hamda viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalari “VILOYAT HOKIMI STIPENDIYASI”ga hujjat topshirishlari mumkin.
Tanlov nominatsiyalari:
- “Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng malakali talabasi”
- “Yilning eng faol tashabbuskor-targʻibotchi talabasi”
- “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”
- “Yilning eng faol sportchi talabasi”
- “Yilning eng faol ijodkor talabasi”
- “Yilning eng faol jurnalist talabasi”
- “Xalqaro imtihon tizimidan (IELTS) 7 va undan yuqori ball (daraja) to‘plagan talaba»
- “Viloyat madaniyatini targʻib etuvchi talaba”
- “IT-bilimdoni”
- “Yosh kitobxon”
G’oliblar 4 oy davomida BHMning 2 baravarigacha har oyda stipendiya oladi.
Ushbu tanlovda Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim shakli kunduzgi bo’lgan bakalavriyat bosqichida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin!
Muhim eslatma: Ushbu tanlovga o’tgan mavsumlarda g’olib bo’lgan talabalar ishtirok eta olmaydi!
Ariza qoldirish muddati 11-yanvardan 10-fevralga qadar!
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi botga ariza qoldiring:
@HokimStipendiyasiBot
Hokim stipendiyasi doir barcha yangiliklar shu kanaldan olishingiz mumkin!
Kanalga ulanish: @ttatf_yoshlar_ittifoqi