Joriy yilning 17-20 noyabr kunlari Buxoro shahrida «Rus tilini o’qitishdagi zamonaviy lingvodidaktik innovatsiyalar» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Unda filialning «O‘zbek va xorijiy tillar» kafedrasi mudiri Z.Berdiyeva va katta o’qituvchisi Z.Payg’amova, shuningdek, bir guruh filial talabalari ishtirok etishdi.
Mazkur ilmiy anjuman doirasida Rossiya Federatsiyasi Talim vazirligi, А.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti va Rossiya tarjimonlar uyushmasining russhunos o’qituvchilari rus tilini o’rganish va o’rgatish metodikasi bo’yicha O’zbekistonlik hamkasblari bilan tajriba almashishdi.