You are currently viewing Shenandoah universiteti prorektori prof. Karen Abraham Elizabeth va «Ergoterapiya» kafedrasi mudiri Cathy Felmlee Shanholtzlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Shenandoah universiteti prorektori prof. Karen Abraham Elizabeth va «Ergoterapiya» kafedrasi mudiri Cathy Felmlee Shanholtzlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

      «O’zbekiston-AQSH» forumida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F.Otamuradov hamda Shenandoah universiteti prorektori prof. Karen Abraham Elizabeth va «Ergoterapiya» kafedrasi mudiri Cathy Felmlee Shanholtzlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

     Uchrashuv chog’ida ushbu ikki OTM o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish ya’ni ikki OTM o’rtasida akademik almashinuv dasturi, professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi haqida muzokaralar olib borildi.

   Shuningdek, forum davomida AQShning Harward universiteti klinik bazasi hisoblanadigan Boston klinikasining MDH va O’rta Sharq mintaqasi vakili MD, PhD, Sarper Tanli bilan ham kelajakdagi hamkorlik masalalari ya’ni filial professor-o’qituvchilari, talabalari va klinik ordinatorlari uchun qisqa va uzoq muddatli trening kurslari tashkil etish haqida kelishib olindi.