You are currently viewing Sifat — sog‘lom hayotning asosi!

Sifat — sog‘lom hayotning asosi!

soglom hayot

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4887-son qarori ijrosi doirasida Butunjahon Sifat kuni munosabati bilan Toshkent davlat ibbiyot universiteti Termiz filialida “Oziq-ovqat mahsulotlari sifat haftaligi” tadbiri tashkil etildi.

Sifat haftaligi — nafaqat sifat masalalariga e’tibor qaratish, balki aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashda ham muhim ahamiyatga ega.

Boshqarma xodimlari tomonidan iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, mahsulot xaridida e’tiborli bo‘lish kabi masalalarda amaliy tavsiyalar ham berildi.

Tadbir davomida talabalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, xavfsizligi, to‘g‘ri tamg‘alanishi, iste’molchilarning huquqlari va ularni himoya qilish tartiblari bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borildi.

Sifatli mahsulot tanlash va o‘z huquqlarini bilish har bir iste’molchining muhim vazifasidir.