Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Xotin-qizlar kengashi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti a’zosi Talaba qizlar koordinatori, Qizlarjon klubi raisi hamkorligida tashkil etilgan “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina bo’lib o’tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-son Qonuni yuzasidan xotin-qizlarni huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida ko’rik-tanlov tashkil etildi.
Ushbu viktorina jamoaviy tarzda bo‘lib o‘tadi va jamoa 3 kishidan iborat bo‘lishi kerak.
Ko’rik-tanlov joriy yilning dekabr oyigacha davom etadi!
Birinchi namunaviy o‘yin bo‘lib o’tdi va kelasi viktorinada ishtirok etmoqchi bo’lgan talaba qizlar jamoaviy tarzda ro’yxatdan o’tishlari mumkin.