Kuni kecha tibbiyot muassasalari xodimlari orasida «Sog’liqni saqlash vaziri kubogi-2023» sport musobaqalari viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.
Unda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi. Mazkur musobaqalar sportning
⚽️ mini-futbol
🏓stol tennisi
⏳shaxmat va shashka
turlari bo’yicha viloyat, shahar, tuman tibbiyot birlashmalari xodimlari ishtirokida bo’lib o’tgan sport musobaqalari viloyat bosqichi qizg’in va murosasiz kechdi.
Ushbu musobaqalarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali professor-o’qituvchilaridan tashkil topgan «Shifokorlar» jamoasi faxrli o’rinlarni egallashdi. Jumladan,
Ayollar o’rtasida shaxmat sport turi bo’yicha filial bosh auditori G.Turdikulova faxrli 1-o’rinni egalladi.
Erkaklar o’rtasida shaxmat sport turi bo’yicha …. kafedrasi assistenti U.Bozorov faxrli 2-o’rinni egalladi.
Stol tennisi sport turi bo’yicha «Tillar» kafedrasi katta o’qituvchisi Z.Payg’amova faxrli 3-o’rinni egalladi.
Futbol sport turi bo’yicha Q.Raxmonqulov, I.Kattayev, J.Jalilov, R.Erdonayev, B.Shaymardonov, E.Boltayev, Sh.Ostonoqulov, B.Sattorov, M.Maxtumquli, , E.Imomov, Sh.Boboxonovlardan tashkil topgan jamoa faxrli 1-o’rinni egallashdi hamda diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.