You are currently viewing “Sog’liqni saqlashda iqtisodiy baholash” mavzusidagi o‘tkazilayotgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.

“Sog’liqni saqlashda iqtisodiy baholash” mavzusidagi o‘tkazilayotgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.

Xalqaro hamkorlik

Avval xabar berganimizdek, TTA Termiz filiali direktor o‘rinbosari X.Rasulova Avstriyaning Zaltsburg shahrida “Sog’liqni saqlashda iqtisodiy baholash” mavzusidagi o‘tkazilayotgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.
Seminar davomida ishtirokchilar amaliy mashgulotlar doirasida xalqaro ilmiy loyihalarni shakllantirib, iqtisodiy samaradorligini baholash bo‘yicha o’z loyihalarini himoya qilib, taqdimot qilishdi.
Guruh mashg’ulotlarida iqtisodiy baholashni sinovdan o’tkazish bo’yicha ilmiy tadqiqot loyihalari takliflarini taqdim etish bilan amaliy mashgulotlar o’tkazildi.
Ma’lumot o‘rnida Iqtisodiy samaradorlik deganda sog’liqni saqlashning aholi (mehnat kuchi) salomatligini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish va milliy daromadni oshirish orqali qo’shadigan ijobiy hissasi (to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita) tushuniladi.