You are currently viewing Sog’lom inson uzoq va baxtli hayot kechiradi!

Sog’lom inson uzoq va baxtli hayot kechiradi!

   Viloyat hokimligi tashabbusi bilan haftaning har shanba kuni viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalar xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida reja-grafik asosida ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari o’tkazilib kelmoqda.

   Shu munosabat bilan, bugun 10-iyun kuni ertalabki soat 6:00 da Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali xodimlari hamda talaba yoshlari «Alpomish» stadionida bo’lib o’tgan badantarbiya mashg’ulotlarida ishtirok etishdi.