Barcha oliy ta’lim muassasalarida aprel va may oylari “Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali hududidagi sport maydonchalari voleybol, futbol, yengil atletika, stol tennisi kabi turli sport musobaqalari bilan gavjum bo‘ldi.