You are currently viewing Sog‘liqni saqlash vaziri Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida

Sog‘liqni saqlash vaziri Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida

111

   O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov Surxondaryo viloyatiga safari davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialiga tashrif buyurdi.

111

    Dastlab, filial axborot resurs markazida filial professor –o‘qituvchilari hamda talaba yoshlari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlanmalar, loyiha va patentlashga tayyorlangan g‘oyalar bilan tanishar ekan, ilmiy salohiyatning yuqoriligi filialning nufuzini oshirishini professor –o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar, ilmiy va amaliy jarayonlar bilan xalqimizga xizmat qilish kerakligini aytib o‘tdi.

111

      Ayni daqiqalarda, Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov filial axborot resurs markazida faol va iqtidorli talabalar bilan bevosita muloqot qilmoqda.