Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining “Besh tashabbus loyihalari” yo‘nalishi doirasida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida futbol bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqalarda talabalar jamoalari faol ishtirok etib, o‘zaro do‘stona raqobat, jamoaviylik va sport ruhini namoyon qildilar. Tadbir nafaqat sport ko‘nikmalarini mustahkamladi, balki talabalarning o‘zaro hamjihatligini yanada kuchaytirdi.
Mazkur sport uchrashuvlari yoshlarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom hayotga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.