Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil may oyini respublika oliy va kasbiy taʼlim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida «Sport oyligi» deb eʼlon qilgan edi.
Mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoni — “Sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida sportning bir qator turlari jumladan gandbol, futbol, voleybol, stol-tennis, shaxmat, kurash sport turlari bo’yicha sport musobaqalari bo’lib o’tdi maskur musobaqa g’oliblari filial rahbariyati tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.
Sportchi – yurt himoyachisi!
- Post author:adm
- Post published:22.05.2025
- Post category:sport tadbirlari / Yangiliklar