Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida professor-o‘qituvchilar va filial xodimlari ishtirokida Sog‘liqni saqlash vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid yangi ichki me’yoriy hujjatlari bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 8-iyulda tasdiqlangan 203-sonli buyrug‘i hamda filial direktorining 2025-yil 8-avgustda tasdiqlangan 02250-sonli buyrug‘i tanishtirildi.
Ushbu hujjatlar sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning oldini olish, halollik va shaffoflikni ta’minlash, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan.
Tadbirda hujjatlarning mazmun-mohiyati keng yoritilib, barcha xodimlarga ushbu me’yoriy hujjatlarga qat’iy amal qilish lozimligi ta’kidlandi.