Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan 2025-yil 26-mart kuni tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan 01-23-93-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish hamda “Korrupsiyadan holi” muhitni yaratish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 21.3 bandi ijrosini amalga oshirish, ya’ni “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tarqatma materiallar tayyorlash xamda texnikum o‘quvchilariga yetkazishni ta’minlash” borasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Kurbanov tomonidan Termiz shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda yosh avlod ongiga xalollik qadriyatlarini singdirish va korrupsiyaga nisbatan xuquqiy immunitetni shakllantirish doirasida talaba-yoshlarga halollik, birovni haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu g‘oyalarni sodda tilda tushuntirib o‘tildi.
Tadbirda talabalarga Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi tomonidan tayyorlangan “Korrupsiyasiz kelajak” mavzusidagi o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanma tarqatildi.