You are currently viewing Stop korrupsiya

Stop korrupsiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash yo‘nalishlari va indikator ko‘rsatkichlarida 4.1.1.-bandning “Asos” ustunida, xodimlarning korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlar bilan tanishganligini imzosi bilan tasdiqlagan ro‘yxatini “E-Anticor.uz” elektron platformasiga joylashtirish belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, SSVning 2025-yil 8-iyuldagi 203-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi 14 ta ichki lokal hujjatlari bilan tanishish, ularni mustaqil o‘qib o‘rganish va ish jarayonida qo‘llash xamda talablariga qat’iy rioya qilish maqsadida vazirlikning rasmiy veb-saytiga kirish havolasi (https://gov.uz/uz/ssv/sections/view/69812) taqdim etilmoqda.