Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 28-son bayonnomasida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan filial talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida chuqur tushuncha berish hamda halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash maqsadida 1-kurs talabalariga “Halollik soati” mavzusida interaktiv suhbat tashkil etildi.
Suhbatda halollik, uning jamiyat uchun ahamiyati, halollik orqali korrupsiyaga qarshi kurash, korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, hamda iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, suhbat davomida korrupsiyaga qarshi kurashda har birimiz ma’sul ekanligimiz ta’kidlandi.