You are currently viewing “Stresssiz hayot” treningi o‘tkazildi

“Stresssiz hayot” treningi o‘tkazildi

stressiz hayot

TDTU Termiz filialida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi hamda filial psixologi hamkorligida “Stresssiz hayot” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.

Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning ijobiy kayfiyatini mustahkamlash, stressli vaziyatlarga nisbatan psixologik barqarorligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulotlarni PhD M.Sahiyeva, M.Shamayeva va psixolog G.G‘oziyeva olib bordi. Interaktiv usullar asosida o‘tkazilgan treningda talabalar “Stress xaritasi”, “Stressdan chiqish formulasi” va “Baxt formulasi” kabi mashqlar orqali stress omillarini tahlil qilishni ishlab chiqdilar.

Shuningdek, relaksatsion mashqlar va harakatli o‘yinlar orqali stressni kamaytirishning amaliy usullari namoyish etildi. Yakunda ishtirokchilarga ijobiy tilaklar yozilgan shirinliklar ulashildi.

Mazkur trening talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinib, ularning ruhiy holatini yaxshilashga xizmat qildi.