Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining raisi Jumaev Diyor mazkur sud sudyasi Qulturaev Sarvar va mas’ul xodimi Qilichev Abduraximlar Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Prezident tomonidan 25.12.2023 yildagi “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-888-son Qonunning mazmun mohiyati talabalarga tushuntirildi.
Shuningdek, huquqiy targ‘ibot tadbiri sifatida o‘tkazilgan uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida ham ma’ruza qilindi.