You are currently viewing 21-23 sentabr kunlari Boysun tumanidagi “Xo‘jamayxona” darasi «Tangisar» kanonida sportning alpiniada (toqqa arqon bilan chiqish) turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi belgilangan.

21-23 sentabr kunlari Boysun tumanidagi “Xo‘jamayxona” darasi «Tangisar» kanonida sportning alpiniada (toqqa arqon bilan chiqish) turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi belgilangan.

    Surxon vohasining sport turizmi va ekoturizm salohiyatini dunyo ommasiga yetkazish hamda mavjud imkoniyatlarni namoyish etish maqsadida joriy yil 21-23 sentabr kunlari Boysun tumanidagi “Xo‘jamayxona” darasi «Tangisar» kanonida sportning alpiniada (toqqa arqon bilan chiqish) turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi belgilangan.

     Ushbu musobaqa o‘tkazilishi oldidan tuman hokimligida Matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida O‘zbekiston ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi, Surxondaryo viloyati turizm boshqarmasi, Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, Oliy ta’lim, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi, tuman hokimligi, Yoshlar agentligi tuman bo‘limi, Sport maktabi, sportchilar, OAV vakillari shuningdek jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi.

   Matbuot anjumani davomida sportning alpiniada turini ommalashtirish, havaskor sportchilarni ushbu sport turiga kengroq jalb qilish, uning kelib chiqishi va tarixi bilan tanishtirish, yoshlarni ushbu sport turiga jalb etish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mazkur sport turini joriy yilning sentabr oyidan boshlab har yilda bir marotaba o‘tkazish, sportning ushbu turi bo‘yicha musobaqa g‘oliblarini doimiy rag‘batlantirib borish lozimligini ta’kidlab o‘tildi.

    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabalaridan tuzilgan “SHIFOKORLAR» jamoasi Surxondaryo viloyati Boysun tumaniga yetib borishdi.
Bugun ushbu alpiniadaning 2-kunida Boysun tuman hokimligida ushbu musobaqaga bag’ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

   Jaomoa a’zolari: Asfandiyorov Javodbek Mirzaali o‘g‘li; Mardonov Mirzabek Begzod o‘g‘li; To‘raev Behruz Shavkat o‘g‘li; Xodjamqulova Subhida Nizom qizi.
Jamoa rahbari Yuldashev Adxamjon Uktamjanovich.

Jamoaga omad tilab qolamiz!