Xalqimiz azaldan suvni ulug‘ ne’mat deb bilishgan. Hayotimizning asosiy manbai hisoblangan suvga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda.
Shu munosabat bilan TTA Termiz filialida “Suv tabiatning bebaho ne’matidir” nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Surxondaryo viloyat Qurilish va uy – joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i – Shuhrat Xoliyorov, inspektorlar – Pardayev Sh., Alijonov I., hamda Sanitariya epidemiologiya va jamoat salomatligi qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimi Jumanazar Boltayev, filial professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar suvning inson hayotidagi ahamiyati, uni tejash, kelajak avlodga suv zaxiralarini asrab – avaylagan holatda yetkazish kerakligi bo‘yicha fikrlar bildirishdi.