Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida kafedra mudirlari uchun «Oliy ta‘limdagi korrupsiya eng oliy jinoyat» mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda filial Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Eryigitov mavzu haqida keng tarzda tushunchalar berdi.
Yig’ilish davomida ishtirokchilarga taʼmagirlik, poraxoʻrlik va korrupsiyaga oid salbiy holatlarga yoʻl qoʻygan xodimlar hamda maʼsul rahbarlar lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan qatʼiy intizomiy jazo choralari koʻrilishi haqida ogohlantirish ishlari olib borildi.
Yakunida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’kidlab, ogohlikka chaqirildi.