Mazkur intellektual bellashuvda oliy ta’lim muassasalarining faol va bilimdon talabalari o‘zaro kuch sinashib, mantiqiy fikrlash, tezkorlik hamda jamoaviy hamjihatlik borasida o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.
2-Quvonarlisi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali jamoasi musobaqada munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Yakuniy natijalar:
1-o‘rin — TerDPI
2-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali
3-o‘rin — TerDU
Ushbu yutuq bilan jamoamiz a’zolarini samimiy tabriklaymiz. Talabalarimizning bilimga chanqoqligi, zukkoligi va intellektual salohiyati universitetimiz nufuzini yana bir bor munosib himoya qildi.
Kelgusidagi musobaqalarda ham jamoamizga ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!