Kuni kecha Termiz davlat universitetida O‘zbekiston oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda «Talaba-qizlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash» mavzusida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarga respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raislari tashrif buyurgan bo‘lib, shu qatorda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali psixologi G.G’oziyeva ham faol ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchi moderatorlar tomonidan “Talaba-qizlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash”, “Milliy libos – millat ko‘zgusi”, “Xotin- qizlar orasida psixologik va huquqiy maslahat kunlarini tashkil etish”, “Qizlarjon” klubi faoliyatini yo‘lga qo’yish va boshqa masalalar qamrab olindi.