You are currently viewing Talabalar bilan bir kun

Talabalar bilan bir kun

Talabalar turar joyi

TTA Termiz filiali direktori F.Otamuradov talaba-yoshlar hayotini chuqurroq o‘rganish, ularning turmush sharoitlari, istaklari va muammolari bilan bevosita tanishish maqsadida “Talaba bilan bir kun” loyihasi doirasida talabalar turar joyida bo‘ldi.
Filial rahbari talabalar bilan bir dasturxon atrofida o‘tirib, samimiy va ochiq muloqot olib bordi.
Kechki ovqat jarayonida bugungi kunda yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida keng ko‘lamli suhbat bo‘lib o‘tdi.

Talabalar turar joyi

Direktor talabalar yotoqxonasining yashash sharoitlari, sanitariya holati, internet tezligi, kutubxona va o‘quv zallarining faoliyati bilan bevosita tanishdi.
Shundan so‘ng, filial rahbari talabalarning bir kunlik tadbirlarida ishtirok etib, har sohada faol bo‘lgan talaba-yoshlarga tibbiyot mutaxassisligiga oid kitoblar topshirdi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarga o’zgacha motivatsiya berishi bilan ahamiyatlidir.