You are currently viewing Talabalar hayoti doimo nazoratda

Talabalar hayoti doimo nazoratda

  • Post author:

TTA Termiz filiali direktori F.Otamuradov talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan suhbat o’tkazdi.

Do’stona suhbat davomida filial direktori talaba yoshlarga bilim olish uchun tinimsiz o’qib izlanish, buning uchun bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish lozimligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek filial direktori TTJ dagi ma’naviyat xonasini ko’zdan kechirdi. Talaba-yoshlarning qiziqishlari bilan o’rtoqlashdi.

Samimiy suhbatda TTATFning Hindiston mamlakatidan kelib tahsil olayotgan talaba yoshlari o’zlariga yaratilgan sharoitdan mamnunligini alohida e’tirof etishdi.