TTA Termiz filiali Xotin-qizlar kengashi tomonidan Talabalar turar joylarida «Bir qizda – bir millat taraqqiyoti mujassam» mavzularida talaba-qizlar uchun davra suhbati oʼtkazildi.
Mazkur uchrashuvda qizlar tarbiyasi, odob-axloqi, yotoqxona ichki tartib qoidalari, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish, muomila madaniyati, jamiyatimizda boʼlayotgan oʼzgarishlar, yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, taʼlim sifati bilan bir qatorda qizlarning boʼsh vaqtlarini toʼgʻri tashkil etish masalalarida ham kerakli maʼlumotlar va tavsiyalar berildi. Kelgusidagi tadbirlar bo’yicha talaba-qizlardan takliflar olindi.
Qolaversa mavzu yuzasidan talabalarni qiziqtirgan savollari, ularni qiynayotgan muammo va turli masalalar bilan atroflicha o’rganildi.