Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda, umumiy amaliyot shifokorini zamon talablariga mos ravishda tayyorlash, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash hamda davolash-profilaktika muassasalarida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori tomonidan 2025-yil 18-dekabrda qabul qilingan 02422-sonli buyruqqa asosan 2025/2026-o‘quv yili uchun talabalarning qishki malakaviy amaliyoti tashkil etildi.
Mazkur amaliyot 2025-yilning 22-dekabr sanasidan boshlab o‘tkazilmoqda hamda 2026-yilning 12-yanvaridan buyon izchil davom etmoqda.
Amaliyot jarayonida talabalar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy va klinik ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich bajarishni o‘rganmoqdalar. Shu bilan birga, o‘quv jarayonida olingan nazariy bilimlar amaliyot bilan uzviy bog‘lanib, talabalarning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qilmoqdа.